Bojxona qo‘mitasi omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma’lumot berdi

Bojxona qo‘mitasi omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma’lumot berdi

Joriy yilning 25 mart holatiga ko‘ra, bojxona omborlarida jami 45,9 mln. AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Ushbu mahsulotlar bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng qisqa muddatlarda ichki bozorlarga yo‘naltiriladi.

Jumladan:

✅bio qo‘shimchalar (485,2 tn, 3,5 mln. doll.);

✅margarin (2,9 ming tn, 3,4 mln. doll.);

✅go‘sht (2,7 ming tn, 3,1 mln. doll.);

✅kungaboqar yog‘i (3,2 ming tn, 2,4 mln. doll.);

✅palma yog‘i (2,0 ming tn, 1,8 mln. doll.);

✅bolalar ovqati (327,9 tn, 1,5 mln. doll.);

✅shokolad (525,6 tn, 1,3 mln. doll.);

✅shakar (2,7 ming tn, 1,0 ming doll.);

✅un (3,6 ming tn, 0,9 mln. doll.);

✅konservalangan sabzavotlar (710,7 tn, 830,8 ming doll.);

✅makaronlar (553,7 tn, 708,4 ming doll.);

✅banan (1,1 ming tn, 680,2 ming doll.);

✅bug‘doy (80,7 ming tn, 15,7 mln. doll.);

✅sut mahsulotlari (463,1 tn, 625,7 ming doll.);

✅un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (257,1 tn, 537,2 ming doll.);

✅choy (59,2 tn, 304,7 ming doll.);

✅baliq (128,8 tn, 118,7 ming doll.).

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 4,8 mln. dollar, hudud korxonalari bo‘yicha 41,1 mln. dollarni tashkil etadi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha:

➡️“O‘zbekoziqovqatxolding” XK (2,7 mln. doll., asosan bio qo‘shimchalar, palma yog‘i, bug‘doy, konservalangan sabzavotlar, soya, araxis, zaytun yog‘i);

➡️“O‘zyog‘moysanoati” uyushmasi (1,2 mln. doll., asosan kungaboqar yog‘i, bug‘doy, palma yog‘i);

➡️“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (583,0 ming doll., asosan go‘sht, un, shakar, kungaboqar yog‘i, konservalangan sabzavotlar);

➡️“Sog‘lom avlod uchun” xalkapo xaypiya jamg‘apmasi (400,0 ming doll., quruk ovqatlar);

➡️“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).

Joriy yilning 25 mart holatiga ko‘ra, bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining hududlar bo‘yicha tahlili bilan tanishing.

➡️Toshkent shahrida - 25,8 mln. AQSh dollari;

➡️Toshkent viloyatida - 4,1 mln. AQSh dollari;

➡️Sirdaryo viloyatida - 4,0 mln. AQSh dollari;

➡️Samarqand viloyatida - 3,4 mln. AQSh dollari;

➡️Farg‘ona viloyatida - 3,2 mln. AQSh dollari;

➡️Namangan viloyatida - 2,9 mln. AQSh dollari;

➡️Xorazm viloyatida - 770,0 ming AQSh dollari;

➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 770,0 ming AQSh dollari;

➡️Buxoro viloyatida - 676,7 ming AQSh dollari;

➡️Andijon viloyatida - 103,8 ming AQSh dollari;

➡️Jizzax viloyatida - 99,0 ming AQSh dollari;

➡️Surxondaryo viloyatida - 50,1 ming AQSh dollari;

➡️Qashqadaryo viloyatida - 11,2 ming AQSh dollari.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar