Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Prezident qarori bilan yangi universitet tashkil etildi

Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Prezident qarori bilan yangi universitet tashkil etildi

“Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, geologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashgan, Davlat geologiya qo‘mitasi ta’sischiligida davlat muassasasi shaklidagi Geologiya fanlari universiteti (Universitet) tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Universitet Davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha respublikaning ixtisoslashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Universitetga talabalar Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmalariga asosan shakllantiriladigan va har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Talabalar O‘zbekistonning davlat ta’lim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy OTMlari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi.

Qaror bilan Universitetning Geoinnovatsion texnologiyalar markazi tashkil etildi, shuningdek Universitetning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar