Sardobadagi suv toshqinida ikki nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan

Sardobadagi suv toshqinida ikki nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan

1 may kuni Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Xusniddin Suyarov tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘ldi. Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar