Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

Go‘sht va sut mahsulotlarining eng yuqori narxi Toshkent shahrida qayd etildi.

Shunday qilib, 1 kg mol go‘shtining narxi Toshkent shahrida 64 350 so‘m va Toshkent viloyatida 55 797 so‘mni tashkil etdi. Mol go‘shtining eng past narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 44 416 so‘m va Surxandaryo viloyatida – 46 599 so‘mni tashkil etdi. Respublikaning boshqa hududlarida narxlar ushbu ko‘rsatkichlar orasida turlicha bo‘lgan.

Ma’lumot uchun: Respublika bo‘yicha mol go‘shtining o‘rtacha narxi (1kg) 50 474 so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31% yoki 10 998 so‘mga o‘sish). Qo‘y go‘shtining o‘rtacha narxi (1kg) 34 % ga oshdi va 52 483 so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davrida 39 863 so‘mga teng bo‘lgan). Tuxum narxi (10 dona) 48 foizga o‘sdi va 8 322 so‘mni tashkil etdi, o‘tgan yili xuddi shu davrda narxlar 5 605 so‘mni tashkil etgan. 1 kg baliq narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5% ga pasaydi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sabzavot narxlarida (kartoshka va bodring bundan istisno) pasayish kuzatildi. Ya’ni tez buziladigan mahsulotlarga talab pasayib, bunday mahsulotlar narxi pasaygan.

Ma’lumot uchun: piyozning o‘rtacha narxi (1kg) 2020 yil 30 iyunda 1 569 so‘m (ga tushgan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan -45 %), karam (1kg) 1 151 so‘m (-37 %), sabzi (1kg) 2 108 so‘m (-15 %), pomidor (1kg) 3 601 so‘mni tashkil etgan. Kartoshkaning o‘rtacha narxi (1 kg) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 % ga oshdi va 3 612 so‘mni tashkil etdi. Bodring narxi 23%ga oshdi va 1 kg 2 527 so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan poliz ekinlarining o‘rtacha narxi o‘sishi kuzatildi.

Ma’lumot uchun: tarvuzning o‘rtacha narxi 19% ga, uzum 37 % ga, qovun va qovoq 17 % ga o‘sdi.

Boshqa mahsulotlar bilan taqqoslaganda dukkakli maxsulotlarning narxi barcha mahsulotlarga qaraganda sezilarli darajada oshdi. Ya’ni, mazkur turdagi mahsulotlarga aholi talabi sezilarli oshdi.

Ma’lumot uchun: 2019 yilda loviya (1kg) 8 614 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 30 iyun holatiga 15 729 so‘mni tashkil etgan (o‘sish 83%). Mosh 46 % ga, no‘xat 4 % ga o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va isloxatlar markazining

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar