O‘zbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yo‘lga qo‘ydi

"Bank va Mijoz" telegram kanalining yozishicha, ushbu xizmatdan asosan bankning mijozlari (ish haqi loyihasi bo‘yicha bankda karta ochganlar) foydalanishi mumkin. Qarz oluvchilar bank ofislarida identifikatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari lozim.

Ipoteka-bank:

  • mikroqarz miqdori – 22,3 mln.so‘mgacha (qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining 3 baravarigacha);
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 32 %.

Ipak yo‘li bank:

  • mikroqarz miqdori – 20 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 39,9 %.

Sanoatqurilish bank:

  • mikroqarz miqdori – 22,3 mln.so‘mgacha (qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining 3 baravarigacha);
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 31,9 %.

Agro bank:

  • mikroqarz miqdori – 2 mln.so‘mgacha, kafillik bilan 5 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 36%.

Turon bank:

  • mikroqarz miqdori – 2,2 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 3 oygacha;
  • foizi – yillik 36%.

Aloqabank:

  • mikroqarz miqdori – 2,2 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 1 oy;
  • foizi – kunlik 0,3%.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar