O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

Joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot xizmati.

“Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar