Markaziy bank qanchagacha mikroqarz berilishi va mikroqarz foyizi bo‘yicha ma’lumot berdi

Markaziy bank qanchagacha mikroqarz berilishi va mikroqarz foyizi bo‘yicha ma’lumot berdi

“Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunga asosan mikroqarz qarz oluvchiga 50 mln. so‘mdan oshmaydigan summada berilishi ko‘zda tutilgan.

Ya’ni mazkur 50 mln. so‘m kreditning eng yuqori chegarasi bo‘lib, banklar tomonidan mijozning moliyaviy holati, to‘lash qobiliyatidan kelib chiqqan holda kredit summasi mustaqil belgilanadi.

Aksariyat banklar tomonidan mazkur kreditlarni ajratish soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilib, bunda bankka faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki harbiy guvohnoma) taqdim etilishi kifoya.

Pandemiya sharoitida banklar tomonidan masofaviy bank xizmatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda jismoniy shaxslarga onlayn tarzda mikroqarz va overdraft krediti ajratish tizimi 13 ta bankda yo‘lga qo‘yilgan.

Kreditlar bo‘yicha to‘lovlar qiymati kreditlarning muddati va foiz stavkasidan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, 12 oy muddatga yillik 24 foizdan 20 mln. so‘m mikroqarz olsangiz, o‘rtacha to‘lov miqdoringiz 2 mln. so‘m atrofida bo‘lib, boshqa kredit qarzdorliklaringiz mavjud emasligini inobatga olgan holda, sizning oylik daromadingiz 4 mln. so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim. Ya’ni daromadingizning 50 foizi qarzingizni qoplashga yo‘naltiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar