Kontrakt to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi va talablarning stipendiyasi to‘liq to‘lab beriladi

Kontrakt to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi va talablarning stipendiyasi to‘liq to‘lab beriladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalarida karantin davrida to‘lov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmaganlar talabalar safidan chiqarilmasligini rasman ma’lum qildi.

Karantin tufayli berilgan ta’til sabab to‘lov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmagan talabalarga (shu jumladan, 1-kursning 2-yarmi uchun to‘lovlarga) rektorlar tomonidan qo‘shimcha muddat berilishini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan “so‘nggi muddat – 20 mart” talabalarga emas, balki 2019/2020 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaning birinchi kursiga to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abitureyntlarga taalluqli (OTMda o‘quv mashg‘ulotlariga qatnagan, to‘lov-kontraktni 1-semestr uchun to‘lamaganlar ham – abituriyent maqomida hisoblanadi).

Shuningdek, karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab beriladi. Faqatgina to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi, naqd pul ko‘rinishida olayotganlarga stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi.

"Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiyalar to‘lab berilgan. Shu bilan birga to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi, akademik qarzdorligi, tegishli buyruq rasmiylashtirilmaganligi yoki bank plastik kartasi berilmaganligi uchun stipendiya to‘lashda kechikishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi", deyiladi xabarda.

Aksariyat hollarda talabalar tomonidan to‘lov-shartnoma shartlarining kech bajarilgani stipendiya tayinlash va bank plastik karatalarini ochishning kechikishiga asosiy sabab bo‘lgan.

Hozirda vazirlik tomonidan respublika miqyosida stipendiya to‘lanmagan talabalar haqida ma’lumot umumlashtirilmoqda.

Ularga:

  • naqd pul ko‘rinishida to‘lanmay qolgan stipendiyalar talabaning doimiy yashash joyiga pochta orqali yuboriladi yoki tumanlardagi bank filiallari orqali ro‘yxat asosida tarqatiladi;
  • bank plastik kartalari orqali to‘lanadi, plastik kartalar ochilmagan talabalarga yangi kartalar ochilib, bank muassasasining hududiy bo‘limi orqali yetkaziladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar