Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo birgalikda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo birgalikda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi

Tashrif doirasida joriy yilning 20 fevral kuni Yevropaning Osiyo tadqiqotlari institutida "Mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani faollashtirish kontekstida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligining dolzarb masalalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti Bryusselda joylashgan yetakchi ilmiy-tadqiqotlar markazidir. Ushbu tashkilotning tadqiqotlari Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi aloqalarni va o‘zaro tushunishni har tomonlama mustahkamlash yo‘llarini topishga qaratilgan.

Tadbirda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi muhokama qilindi va 2019 yil may oyida rasman qabul qilingan edi. Markaziy Osiyo mamlakatlari Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari va mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani faollashtirish nuqtai nazaridan yangi strategiyaning O‘zbekiston bilan aloqalarga ta’siri to‘g‘risida davra suhbati davomida fikrlar almashildi.

Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi ikki tomonlama darajada barcha Markaziy Osiyo davlatlari bilan sheriklik va hamkorlik shartnomalari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarga ega. Xususan, O‘zbekiston 1996 yilning iyun oyida Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik shartnomasini imzolagan (1999 yilning iyulidan amal qiladi), 2017 yilda esa ushbu shartnomani yangilashni taklifi bilan murojaat qildi. Shu munosabat bilan 2018 yil noyabr oyida Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar rasman boshlandi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi o‘z loyihalarini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida respublikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘lash orqali, O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishga faol hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston vakillari Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan bitimni imzolash borasida amalga oshirilgan hamkorlikdagi ishlarga yuqori baho berishdi.

Tadbirda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning mintaqaviy integratsiya va iqtisodiy hamkorligini mustahkamlashning dolzarb vazifalarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun: Yevropa Ittifoqi rivojlanayotgan davlatlarga tovarlarni Yevropa bozoriga eksporti uchun "Generalized System of Preferences" (GSP) – "Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimi" tovarlarning nomenklaturasi bo‘yicha qo‘llaniladigan imtiyozlar tizimi (3000ga yaqin sanoat tovarlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bir qismini qamrab oladi. Shuningdek, GSP+ tizimida 6200 ta tovarlar turi o‘rin olgan).

Ayni paytda O‘zbekiston "Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimi" (GSP) dan foydalanmoqda. Unga ko‘ra, 3000 ga yaqin tovarlar bojxona to‘lovisiz va 3200 ga yaqin mahsulotlar YeIga arzon narxlarda eksport qilinishi mumkin. "Umumlashtirilgan imtiyozlar plyus tizimi" – GSP+ bo‘yicha bir tomonlama tarif imtiyozlar olinsa, Yevropa bozoriga 6200 dan ortiq tovar turlarini bojxona to‘lovlarisiz eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu imtiyozlarni berishda, YeI tomonidan bir qator omillarga asoslaniladi. Bular mamlakatda xavfsiz mehnat sharoitlari, mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish ta’minlanganlik darajasini o‘z ichiga oladi. Davra suhbati davomida mezbonlarga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining barcha xalqaro konvensiyalarini to‘liq bajarayotganligi, iqtisodiy munosabatlar liberallashtirilganligi, ish beruvchi va ishchilarning huquqlari himoya qilinishi, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, respublika korxonlarida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot batafsil berildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O.Xakimov tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy strategiyasi asosida amal qilayotgan mamlakatning ochiq va konstruktiv siyosati Markaziy Osiyoni dunyoning boshqa hududlari uchun jozibador mintaqaga aylantirishga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan hamohangligi ham bunga qayd etildi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan O. Hakimov mazkur jihatlar O‘zbekiston uchun xorijiy sheriklar bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yana bir imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

Bunday forumlar o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi. Hozirgi bosqichda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda birgalikda ishlash qobiliyatini ko‘rsatmoqda. Har ikki tomon uchun ham hali amalga oshirilmagan salohiyat mavjudligi aniq.

Shu bilan birga, davra suhbatida yevropalik hamkorlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi uchun kerakli bo‘ladigan barcha yordamni ayamasliklarini va mazkur jarayonlarga alohida e’tibor qaratishlarini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 25 dekabr kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Yevropaning Osiyo tadqiqotlar instituti direktori Aksel Goetals va katta mutaxassis Albert Turkstra bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, mehnat muhojirlarining o‘z vataniga pul o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradigan muqobil xizmat turlarini joriy etish masalalarini muhokama qilish edi. Fintech va xalqaro pul o‘tkazmalarining narxini pasaytirish hamda moliyaviy vositalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida tomonlar mazkur loyiha doirasida kelgusidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar