Davlat soliq qo‘mitasining "Ishonch telefoni" va "Qo‘nhiroqlar markazi"ga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar soni kamaygan. Respublikaning uchta viloyatidan boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq murojaat tushgan.
7/24 tartibida ishlovchi Davlat soliq qo‘mitasi “Ishonch telefoni” va “Qo‘ng‘iroqlar markazi” (Call-center)ga aholidan kelayotgan murojaatlar nazoratga olinib, ular asosida o‘rganish va tegishli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Ishonch telefoni” va “Qo‘ng‘iroqlar markazi” (Call-center)ga kelib tushayotgan murojaatlar soni kamayib bormoqda.
Masalan, o‘tgan hafta chorshanba va payshanba (8-9 aprel) kunlari 980 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shanba va yakshanba (11-12 aprel) kunlari ular soni 761 tani tashkil etdi.
Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari aholisi boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq murojaat qilgan.
Izoh qoldirish