COVID-19 pandemiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi vaziyatga qanday ta’sir qildi

COVID-19 pandemiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi vaziyatga qanday ta’sir qildi

«O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida o‘tkazilgan COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan birgalikda COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu tadqiqot «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida olib borilgan bo‘lib, fuqarolar farovonligini baholash va O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun: Jahon bankining «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi (L2CU) har oyda 1500 ta O‘zbekiston Respublikasi uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganadi. 2019 yilda boshlab, loyiha doirasida 21 ta so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘nggi so‘rovnoma 2020 yilning 21 may kuni o‘tkazilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:

  1. Ijtimoiy farovonlik sohasida:

- bandlik darajasi biroz oshdi. Kamida bitta ishlaydigan a’zosi bo‘lgan uy xo‘jaliklarining ulushi mart oyiga nisbatan aprel oyida 40 foiz punktidan ko‘proqqa pasaydi. Apreldan maygacha bo‘lgan davrda 15 f.p. ga ko‘paydi (43%dan 58%ga).

- xonadonlarda kimdir «ishidan ayrilgan yoki ishlamay qolgani» haqida xabar bergan respondentlar soni mart oyida 1% dan aprel oyida 19% ga oshgan.

Inqirozga qarshi qabul qilingan keng ko‘lamli choralar dasturining amalga oshirilishi natijasida aprel-may oylarida ishidan ayrilganlar soni 19% dan 12% gacha kamaydi.Biroq, deyarli barcha respondentlar faoliyatini to‘xtatib turilishini vaqtinchalik deb hisoblashgan.

- Kambag‘allik darajasi yomonlashishi mumkin. Aprel oyida COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon qashshoqlik chegarasidan pastroqda yashovchilarning ulushi 10% ga yetdi (mart oyida 7,4%). Bu yana 448 ming kishi yashash darajasining pasayishi natijasida kambag‘allik chegarasidan chiqib ketishi mumkinligini anglatadi.

- Oziq-ovqat iste’moli yaxshilanmoqda. Oziq-ovqat iste’molining pasayganligi haqida xabar bergan uy xo‘jaliklarining ulushi aprel oyidagi 26% dan may oyida 23% ga tushdi.

- Bevosita davlat yordamini olish. COVID-19 paydo bo‘lganidan beri aholining 9%i to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumat yordamini olganligi haqida xabar berishdi. Yordamning eng katta qismi (89%) natural (tovar) shaklida berilgan.

  1. Ta’lim sohasida:

- May oyida barcha maktablar yopilganiga qaramay, deyarli barcha maktab yoshidagi bolalar muayyan ta’lim va o‘quv mashg‘ulotlarida (97%) ishtirok etdilar. Respondentlarning aksariyati (69%) ushbu mashg‘ulotlardan qoniqishgan va 8 %i esa qoniqishmagan.

- O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi ta’lim televizion dasturlari orqali amalga oshirilganligini o‘quvchilarning 87 %i belgilashgan. O‘quvchilarning 6 %i uchun mobil o‘quv qo‘llanmalari asosiy ta’lim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning 5 %i repetitor yoki o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar orqali o‘rganganlar.

- Xonadonlarda televizor va televideniye dasturlaridan foydalanish imkoniyati yuqoriligi (91 %dan ortiq) ushbu tizim orqali o‘quv mashg‘ulotlarining keng miqyosda ekanligini qisman tushuntiradi. 70 % xonadonlarda smartfonlar mavjud va ularning qariyb yarmi mobil internetga ulangan. Respondentlarning 17,5 %i shaxsiy kompyuterga yoki noutbukka ega, 8 % xonadon kabelli internetiga ulangan.

  1. Xizmatlar ko‘rsatish va maishiy xarajatlar:

- COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon uy xo‘jaliklarining 6 %ida fuqarolar tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilishdi.

- Maishiy xarajatlar turlicha. Respondentlarning 55 %i xarajatlarning o‘zgarishi haqida xabar bergan. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, respondentlarning 60 %ga yaqinida oldingi 30 kunga nisbatan xarajatlar oshgan (o‘rtacha va sezilarli darajada), shuningdek, ular o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘lgan xarajatlarga ega bo‘lishgan. Taxminan 40% xarajatlar qisqarganligi haqida xabar berishgan (23% "o‘rtacha" qisqartirish va 77% "sezilarli" deb xabar berishgan). Xarajatlarni qisqartirish to‘g‘risida xabar berganlarning aksariyati kam ta’minlangan respondentlar bo‘lgan.

- Mahsulotlar tanqisligi muammolari yaxshilandi. May oyida respondentlarning taxminan 6 %i, aprel oyidagi 16 % ma’lum tovarlar o‘z hududlarida sotilmaganini bildirishgan. Ushbu mahsulotlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, non va un mavjud. May oyida vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi, shunda oziq-ovqat yetkazib berishda uzilishlar soni taxminan 6 %gacha kamaydi. Dori-darmon va niqoblar sotuvga chiqarilmagani haqida xabar berganlar aprel oyida 5 %ni tashkil etgan bo‘lsa, may oyida bir muncha pasaydi.

  1. Turmush darajasi sohasida:

- so‘rovda qatnashganlarning 79 %i COVID-19 tarqalishi bilan turmush tarzining o‘zgargani haqida xabar berishgan. Odamlarning xatti-harakatlaridagi eng keng tarqalgan o‘zgarishlar: niqob taqish (95 %), oila va do‘stlarning tashriflarining qisqaririshi (84 %), qo‘llarni tez-tez yuvish (83 %), qo‘l siqish / quchoqlash / salomlashish (82%), ijtimoiy masofa (72 %), ish vaqtidan tashqari uylardan chiqish (51 %), izolyasiya / karantin (19 %). May oyida ommaviy tadbirlarda yaqin orada ishtirok etganligi to‘g‘risida xabar bergan respondentlar soni nolga teng.

  1. Islohotlarning samaradorligiga nisbatan ijtimoiy munosabat:

- COVID-19 infeksiyasining tarqalish davri mamlakat siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning to‘g‘ri yo‘lida ekanligiga «to‘liq rozi» bo‘lgan respondentlarning ulushi oshgan davrga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, respondentlarning deyarli hech biri ushbu fikrdan «norozi emas».

- Hukumatning fuqarolar bilan ochiq muloqotda ishtirok etishiga rozi va buni tasdiqlagan respondentlarning ulushi qariyb 95% tashkil etdi.

- Deyarli barcha respondentlar COVID-19 pandemiyasining oilalari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy oqibatlaridan xavotirda, ammo ular mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy ahvoliga yaxshi qarashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar