Aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2020 yil 18 may kunidan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;
  • Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovini (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yish.

Shu bilan birga avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Mazkur Vaqtinchalik tartib talablarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar